» » Argentinadagi yoshlar Olimpiadasi yo‘lida o‘zbekistonlik kurashchilar harakatni boshladi. Ilk manzil — Boku

Argentinadagi yoshlar Olimpiadasi yo‘lida o‘zbekistonlik kurashchilar harakatni boshladi. Ilk manzil — Boku


Shu yilning 6—18-oktabr kunlari Argentinaning Buenos-Ayres shahrida yoshlar o‘rtasidagi Olimpiada bellashuvlari start oladi. Unda ishtirok etish niyatida bo‘lgan o‘zbekistonlik kurashchilar 2018-yilgi yurishni boshladi, deb yozdi MOQ matbuot xizmati.

Olimpiadaga litsenziya beruvchi musobaqa 10—13-may kunlari poytaxt Toshkentda o‘tkaziladi. Demak, o‘zbekistonlik sportchilarda iloji boricha ko‘proq yo‘llanmaga ega bo‘lish imkoniyati yuqori. Sportchilar may oyidagi qit’a chempionatiga tayyorgarlik doirasida Bokudagi Mushvig Isayev xalqaro turnirida ishtirok etdi. Unda Rossiya, Qozog‘iston, Gruziya va Ozarbayjon sportchilari ham gilamga chiqqani aytilgan.

Mazkur sport turida o‘zbekistonlik sportchilar musobaqani umumjamoa hisobida 3-o‘rinda yakunladi. Abror Nurmuhamedov o‘z vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Bekzod Ahmedovga kumush nasib qildi. Yana ikki o‘zbekistonlik — Muhammad Poyonov hamda Xusanxon Yunusxonov bronza bilan cheklandi.

Erkin kurashda o‘zbekistonliklar umumjamoa hisobida ikkinchi bo‘lishga erishdi. Umid Jalolov va Muhammadrasul Rahimov oltin medalni tantana qildi. Nodir Rahimovga kumush medal nasib qildi, Zafar Otaxon bronzalik bo‘ldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 97) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют