» » O‘zbekiston boks tarixida ilk bor: xalqaro musobaqada 10 ta imkoniyatdan 10 ta oltin qo‘lga kiritildi

O‘zbekiston boks tarixida ilk bor: xalqaro musobaqada 10 ta imkoniyatdan 10 ta oltin qo‘lga kiritildi


Rossiyaning Yaroslavl shahri mezbonlik qilgan boks bo‘yicha xalqaro turnirda o‘zbekistonlik sportchilar hech kimga imkoniyat qoldirmadi.

Musobaqaning har 10 ta vazn toifasida o‘zbekistonlik sportchilar oltin medalni qo‘lga kiritdi va tabiiyki, umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi, deb yozdi O‘zbekiston boks federatsiyasi. Turnirda O‘zbekistondan tashqari Rossiya, Belarus, Qozog‘iston va Ukrainadan sportchilar ishtirok etgandi.

Turnirning vazn toifasidan qat’iy nazar eng yaxshi boksichisi ham O‘zbekistondan bo‘ldi. -66 kilogramm vazn toifasidagi turnirda barcha raqiblarini mag‘lub etgan Nurislom Ismoilovga eng yaxshi charm qo‘lqop ustasi atalgan sovrin topshirildi.

Musobaqaga o‘zbekistonlik bokschilarni murabbiy sifatida Aleksandr Petrov hamda Laziz Zokirov olib borgandi.

Bungacha O‘zbekiston boks termasining asosiy sportchilari Toshkent mezbonlik qilgan Osiyo Chempionatida 10 ta imkoniyatdan 9 ta oltin medal olgani bilan Osiyo rekordini o‘rnatgandi. Rossiyadagi xalqaro turnir nufuzi jihatdan qit’a birinchiligi bilan bellasha olmasa-da, unda ishtirok etgan o‘zbekistonlik hech bir bokschini yengib bo‘lmagani e’tiborga molik.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 118) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют