» » Isroil Madrimov va Sanjar Tursunov Sankt-Peterburgdagi xalqaro musobaqaga otlandi

Isroil Madrimov va Sanjar Tursunov Sankt-Peterburgdagi xalqaro musobaqaga otlandi


O‘zbekiston boks terma jamoasining ikki a’zosi Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro turnirda ishtirok etadi. Bu haqda “Olamsport” nashri xabar berdi va sportchilarning 7-noyabr kuni Rossiyaga uchishini ma’lum qildi.

Isroil Madrimov -75 kilogramm vazn toifasida janglar o‘tkazadi. Sanjar Tursunov esa -91 kilogrammda ringga ko‘tariladi. Ularning har ikkisi Germaniyadagi Jahon Chempionatida ishtirok etgandi.

Piterdagi turnirda O‘zbekistondan uchinchi vakil ham bor: Shunqor Abdurasulov. U -60 kilogramm vazn toifasida ringga ko‘tariladi.

Mazkur uch bokschiga faqatgina bir murabbiy — Rahmatjon Ro‘ziohunov biriktirilgan. Aytilishicha, xalqaro musobaqada Olimpiada va Jahon Chempionati ishtirokchilari chempionlik uchun kurash olib boradi.

O‘zbekiston termasi nega aynan uch vazn toifasini tanlab olgani borasida ma’lumotlar hozircha yo‘q. Sanjar Tursunov Osiyo Chempionatida sovrindor bo‘la olmay, Jahon Chempionatida bronzani qo‘lga kiritgandi. Isroil Madrimov esa aksincha, Toshkentdagi Osiyo Chempionatida chempionlikni rasmiylashtirib, Jahon Chempionatida medalsiz qolgandi.

Опубликовано: admin (7-11-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют