» » O‘zbekiston yo‘llarida qachon yangi kamera va belgilar paydo bo‘ladi?

O‘zbekiston yo‘llarida qachon yangi kamera va belgilar paydo bo‘ladi?


2017-yilda Toshkent va Namangan shaharlarida yo‘l harakati xavfsizligi va jamoat tartibining muhofazasi uchun kompyuterlashtirilgan boshqaruv tizimi joriy etilgan bo‘lsa, yo‘l belgilarini yangilash uchun esa “O‘zavtoyo‘lbelgi” davlat unitar korxonasi tashkil etilgan, deb xabar berdi Norma.

IIV YHXBB ma’lumotlariga ko‘ra, kompyuterlashtirilgan tizim Toshkentdagi 115 ta va Namangandagi 6 ta chorrahada ishlamoqda.

Toshkentda o‘tgan yili yo‘l harakati qoidalarining buzilish holati 2016-yilga nisbatan 7,5 foizga, YTH oqibatida halok bo‘lganlar 15,9 foizga, jarohat olganlar 8,7 foizga kamaygan. Mutaxassislar ushbu tendentsiyalarni tizimning ishlashiga bog‘lamoqda.

Respublika hududida ushbu texnologiyalarni joriy etish ishlari “Xavfsiz shahar” tadbirlar doirasida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi 3127-sonli qaroriga asosan kompyuterlashtirilgan tizimlar bilan qoplangan chorrahalarni ko‘paytirish ustida ishlar olib borilmoqda. Poytaxtning o‘zida ushbu ko‘rsatgich 400 taga teng. Shuningdek, bu kabi texnologiyalar Nukus va boshqa viloyatlar markazida ham ishga tushiriladi.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-oktabrdagi qarorining ijrosini amalga oshirish maqsadida Avtomobillar yo‘llari davlat qo‘mitasi qoshida “O‘zavtoyo‘lbelgi” unitar korxonasi tashkil etilgan edi. Farmon bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, 2021-yil 1-yanvardan boshlab barcha yo‘l belgilari va transport vositalarini tartbiga solish vositalari inventarizatsiya qilinadi. Hozirgi vaqtda yig‘ilgan ma’lumotlar qayta ishlanib, ularni yangilariga almashtirish bo‘yicha grafiklarni tuzish ishlari olib borilmoqda.

Avvallari yo‘l belgilari va transportni tartibga soluvchi vostitalarni o‘rnatish bilan turli tashkilotlar, avtomobillar yo‘llarini qurish va ta’mirlash tashkilotlari, shuningdek, yo‘l harakati xavfsizligining hududiy boshqarmalari shug‘ullangan. Ular yo‘l belgilarini ishlab chiqaradigan turli korxonalar bilan ish olib borganligi sabab, haydovchilarning haqli norozligiga sabab bo‘lgan.

Belgilarni almashtirish ishi bosqichma bosqich amalga oshiriladi. Birinchi navbatda 2019-yilning 1-yanvariga qadar umumiy foydalanishdagi, xalqaro va davlat ahamiyatidagi yo‘llarga o‘rnatilgan belgilar almashtiriladi. 2012-yilning 1-yanvarigacha esa barcha yo‘l belgilarini almashtirish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют