» » Vodiydagi gaz quyish shoxobchalari haydovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshladi

Vodiydagi gaz quyish shoxobchalari haydovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshladi


Farg‘ona vodiysi viloyatlardagi gaz quyish shoxobchalari 18-yanvar, payshanba kuni asosan 17:00 dan so‘ng haydovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlagan. Bu haqda “Daryo” mobil muxbirlari xabar berdi, shuningdek, Telegram’dagi Farg‘ona vodiysiga aloqador yirik kanallarda matnli va ovozli xabarlar qoldirilgan.

Xabar berishlaricha, ba’zi joylarda 14:00 dan boshlab, aksariyat hududlarda 17:00 dan so‘ng gaz quyish shoxobchalari avtomobillarga yonilg‘i tarqatishni boshlagan. “Hamma zapravkalar ishlayapti, lekin navbat juda katta”, — deb yozadi “Voditeli Namangana” guruhi a’zolaridan biri.

“Ayni vaqtda deyarli barcha gaz quyish shoxobchalari ishlamoqda. Shukr, muammolar tezda hal qilinibdi”, — deb xabar qoldirilgan “Vodiy Bozor” kanalida.

Avvalroq, 17-yanvarda kunning ikkinchi yarmidan boshlab vodiydagi gaz quyish shoxobchalarida katta navbatlar yuzaga kelishni boshlagani, haydovchilar orasida “ikki kungacha gaz bo‘lmasmish” degan mish-mishlar tarqalgani haqida xabarlar berilgan edi.

Vaqtinchalik gaz taqchilligi oqibatida Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida yo‘lovchi tashish faoliyati qisman ishdan chiqqan — aksariyat hududlarda yo‘l haqi oshib ketgan, odamlar o‘z manziliga yetib olishda ma’lum bir qiyinchiliklarga duch kelgan.

Xususan, “Daryo”ning Farg‘onadagi mobil muxbiri “yonilg‘i shoxobchalarida gaz yo‘qligi sabab shaharda yo‘l haqi 3—4 barobarga oshib ketgani”ni bildirdi. Andijon viloyatidagi mobil muxbiri esa “viloyat ma’muriy markazida yo‘l haqini bir maromda ushlab turish uchun o‘nlab qo‘shimcha avtobuslar qatnovga chiqarilgani” haqida ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют