» » Qiziqarli raqamlar: O‘zbekistonda talabalarning stipendiyasi uchun bir oyda davlat budjetidan qancha pul ajratiladi?

Qiziqarli raqamlar: O‘zbekistonda talabalarning stipendiyasi uchun bir oyda davlat budjetidan qancha pul ajratiladi?


Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston oliy ta’lim muassasa (OTM)larida stipendiya oluvchi talabalarning reyting ballari bo‘yicha taqsimlanishini e’lon qildi.

Qo‘mita axborotiga ko‘ra, hozirda O‘zbekiston OTMlarida tahsil olayotgan talabalarning 273 904 nafari stipendiya oladi. Maksimal reyting bahosi (86—100 foiz)ga ega a’lochi talabalar soni 18 972 nafarni, yuqori reyting bahosi (71—85 foiz)ga ega “to‘rtchi” talabalar 65 123 nafarni, o‘rta reyting bahosi (55—70 foiz)ga ega “uchchi” talabalar 189 809 nafarni tashkil etadi.

2017-yil 1-dekabridan talabalarning stipendiyalari miqdori “uchchi”lar uchun 290 535 so‘m, “to‘rtchilar” uchun 435 803 so‘m, a’lochilar uchun 581 070 so‘m miqdorida belgilangan.

Ushbu summalar bo‘yicha 273 904 talabaning stipendiyasi miqdori xomaki hisob-kitob qilinsa, bir oyda davlat budjetidan 94 551 016 624 (to‘qson to‘rt milliard besh yuz elllik bir million o‘n olti ming olti yuz yigirma to‘rt) so‘m ajratiladi.

Ammo stipendiatlar, yetim bolalar, nogiron bo‘lib qolgan sobiq harbiylar, sobiq baynalmilalchi jangchilar, OTMlarda matematika, amaliy matematika va informatika, axborot texnologiyalari va axborot xavfsizligi mutaxassisliklari bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar, kar-soqov va ko‘zi ojiz talabalarga stipendiyalar yuqoriroq hisoblanishi inobatga olinsa, bir oyda davlat budjetidan stipendiyalarga ajratiladigan summa 100 milliard so‘m atrofida, deb hisoblash mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 79) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют