» » Aqto‘beda yonib ketgan avtobus egasi yo‘lovchi tashish litsenziyasiga ega bo‘lmagan

Aqto‘beda yonib ketgan avtobus egasi yo‘lovchi tashish litsenziyasiga ega bo‘lmagan


Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida yonib ketgan avtobus egasi haqida ma’lumotlar chop etildi. Aniqlanishicha, u yo‘lovchi tashish litsenziyasiga ega bo‘lmagan, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Avtobus egasining ismi — Mextiyev O‘rduxon Sobiro‘g‘li. Uning nomida uchta avtobus bor. Ayni paytda u huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qidirilmoqda.

Yonib ketgan avtobus 1989-yili ishlab chiqarilgan bo‘lib, 2016-yilda texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan.

“Avtobuslardan biri Chimkentda ro‘yxatdan o‘tgan. Men bugun u yerga bordim, u uyda emas ekan. Ikkinchisi — Oqtosh qishlog‘ida, uchinchisi Jibek Jo‘li qishlog‘ida ro‘yxatdan o‘tgan. U yerlardan ham topolmadik”, — ma’lum qildi transport qo‘mitasining Janubiy Qozog‘iston viloyati bo‘yicha transport nazorati inspeksiyasi rahbari o‘rinbosari Oleg Petuxov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-01-2018, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют