» » O‘zbekistonda yangi tahrirdagi Milliy xavfsizlik konsepsiyasi tayyorlanmoqda

O‘zbekistonda yangi tahrirdagi Milliy xavfsizlik konsepsiyasi tayyorlanmoqda


O‘zbekistonda joriy yili yangi tahridagi Milliy xavfsizlik konsepsiyasi tayyorlanadi. Bu haqda Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.

Safoyevga ko‘ra, konsepsiya mamlakatda vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan tashqi va ichki tahdidlarga munosabatga yangicha yondoshuvlarni o‘zida aks ettiradi. Hujjatda, oldinroq qabul qilingan yangi mudofaa doktrinasi kabi, xalqaro vaziyat va milliy xafsizlikka tahdidlardagi o‘zgarishlar inobatga olinadi.

Amaldagi “O‘zbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik konsepsiyasi to‘g‘risida”gi qonun 1997-yilda qabul qilingandi. Qonunning yangi tahririni ishlab chiqish 2018-yilgi Davlat dasturi loyihasida ham ko‘zda tutilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 100) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют