» » Hakim at-Termiziy majmuasini 2017-yilda 600 mingdan ortiq mahalliy, mingga yaqin xorijlik sayyoh ziyorat qildi

Hakim at-Termiziy majmuasini 2017-yilda 600 mingdan ortiq mahalliy, mingga yaqin xorijlik sayyoh ziyorat qildi


Ma’lumotlarga qaraganda, buyuk alloma Hakim at-Termiziy 400 dan ortiq asar yozgan, ularning 50 dan ziyodi bizgacha yetib kelgan. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Amudaryo bo‘yida joylashgan buyuk mutafakkir ziyoratgohi viloyatdagi eng obod, eng ko‘rkam maskanlardan biriga aylandi. Bu muqaddas dargohga ziyoratga keluvchi mahalliy va xorijiy sayyohlar soni ham yildan-yilga ko‘payib bormoqda.

Majmua ijrochi direktori Abduraim Choriyevning aytishicha, o‘tgan yili bu yerga 600 mingdan ortiq mahalliy va mingga yaqin xorijlik sayyoh tashrif buyurdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yili Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida majmuani yanada obodonlashtirish, ziyoratchilarga qulay sharoitlar yaratish borasida topshiriqlar bergandi.

Xususan, maqbara ichki bezaklarini surxondaryocha uslubda, shuningdek, Buxorodagi Bahouddin Naqshband majmuasi va poytaxtdagi Minor jome masjidida qo‘llanilgan bezaklardan foydalangan holda ta’mirlash lozimligini ta’kidlagan edi.

O‘tgan davr mobaynida bu yerda keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari bajarildi. Maqbaraning ichki qismi to‘liq rekonstruksiya qilinib, naqshinkor jilo berildi, muqaddas Qur’on oyatlari bitildi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga amalga oshirayotgan tashrifi chog‘ida Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildi va Aqto‘beda halok bo‘lganlar haqiga duo qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-01-2018, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 108) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют