» » Turkiyada maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobus halokatga uchradi. 11 kishi halok bo‘ldi

Turkiyada maktab o‘quvchilarini olib ketayotgan avtobus halokatga uchradi. 11 kishi halok bo‘ldi


Turkiyaning Eskishahar tumanida ichida maktab o‘quvchilari bo‘lgan avtobus noma’lum sabablarga ko‘ra yo‘l bo‘yidagi daraxtga borib urildi. Noxush hodisa oqibati 11 kishi halok bo‘ldi va yana 44 kishi jarohat oldi. Bu haqda Anadolu agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.

Avtobus maktab o‘quvchilarini Anqaradan Bursaga ekskursiyaga olib ketayotgan bo‘lgan. Avtobusda ayrim bolalarning ota-onalari ham bo‘lgan. Mahalliy OAVlarning ma’lumotlariga ko‘ra, avariya yo‘l o‘rtasiga chiqib qolgan hayvon tufayli yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.

“Jarohat olganlar shifoxonaga yetkazilgan, ularning hayotiga hech nima xavf tug‘dirmayapti. Prokuratura tergov ishlarini boshlab yuborgan, haydovchilar qo‘lga olingan”, — dedi viloyat gubernatori Ozdemir Chakajak.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2018, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют