» » Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi

Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi


Turkiyada sayyohlarni olib ketayotgan avtobus ag‘darilib ketdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Mug‘la viloyati gubernatori Amir Chichekning ma’lum qilishicha, avtohalokat oqibatida 20 kishi halok bo‘lgan, yo‘lovchilar orasida chet elliklar bo‘lmagan.

Avvalroq hodisa oqibatida 17 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi, biroq keyinroq shifoxonada yana uch kishi vafot etdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yana 11 kishi turli darajada tan jarohatlari olgan.

Avtobus salonida jami 42 kishi, asosan, ayollar va bolalar bo‘lgan. Marmaris meri Ali Acharning ma’lum qilishicha, avtobus Izmirdan Marmaris tomon ketayotgan bo‘lgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (13-05-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют