» » Melaniya Tramp AQSh prezidenti oilasining eng mashhur a’zosi ekanligi ma’lum bo‘ldi

Melaniya Tramp AQSh prezidenti oilasining eng mashhur a’zosi ekanligi ma’lum bo‘ldi


AQSh birinchi xonimi Melaniya Tramp prezident oilasining eng mashhur a’zosi ekanligi ma’lum bo‘ldi: u bu borada turmush o‘rtog‘ini ham ortda qoldirdi. Bu haqda Economist / YouGov o‘tkazgan so‘rov natijalari dalolat bermoqda, deya xabar beradi “Interfaks”.

Melaniya haqida so‘ralganlarning 48 foizi, AQSh prezidenti haqida esa 45 foizi ijobiy fikr bildirgan. Birinchi xonimni amerikaliklarning 33 foizi, Trampning faoliyatini esa 52 foizi salbiy baholagan.

Prezidentning qizi Ivanka Trampni 41 foiz aholi qo‘llab-quvvatlagan, 44 foiz respondent esa uni ma’qullamagan.

Ivankaning turmush o‘rtog‘i, prezident Trampning ham kuyovi, ham maslahatchisi Jared Kushner o‘zining foydasiga atigi 25 foiz ovoz oldi — so‘ralganlarning 44 foizi unga tanqidiy munosabat bildirdi.

Davlat rahbarining o‘g‘illari Donald va Erik tegishli ravishda 36 va 32 foiz ijobiy hamda 49 va 43 foiz salbiy ovoz to‘pladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-01-2018, 17:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют