» » So‘rovnoma amerikaliklarning yarmidan ko‘pi prezident sayloviga Rossiya aralashganiga ishonishini ko‘rsatdi

So‘rovnoma amerikaliklarning yarmidan ko‘pi prezident sayloviga Rossiya aralashganiga ishonishini ko‘rsatdi


The Washington Post va ABC News birgalikda o‘tkazgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, amerikaliklarning 56 foizi prezident sayloviga Rossiya aralashganiga ishonadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Respondentlarning 39 foizi AQSh prezidenti Donald Tramp jamoasi Rossiya bilan til biriktirgan deb hisoblaydi, 12 foizi esa Rossiya aralashishga uringaniga, ammo Trampga yordam bermaganiga ishonadi.

35 foiz so‘rovdan o‘tganlar Rossiya saylovga aralashmagan deb hisoblaydi.

Respondentlarning 32 foizi sobiq prezident Barak Obama ma’muriyati Tramp ortidan josuslik qilganiga ishonadi, 56 foizi esa buni inkor qiladi.

Shuningdek, 42 foiz respondent Kongress mazkur masalada adolatli surishtiruv o‘tkaza olishiga ishonadi.

Опубликовано: admin (27-04-2017, 01:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 54) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют