» » Qurollangan jangarilar Kobuldagi Intercontinental Hotel mehmonxonasiga hujum uyushtirdi

Qurollangan jangarilar Kobuldagi Intercontinental Hotel mehmonxonasiga hujum uyushtirdi


Kobuldagi Intercontinental Hotel mehmonxonasiga uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘lgan yoki jarohatlangan bo‘lishi mumkin. Bu haqda shturm boshlanganidan so‘ng mehmonxonadan qochishga muvaffaq bo‘lgan guvohlardan biriga tayanib, TOLO news telekanali ma’lum qildi, deya xabar beradi  “TASS”.

“Mehmonxonaning birinchi va ikkinchi qavatida kamida 15 kishi o‘ldirilgan yoki yaralangan”, — dedi guvoh. Ayrim guvohlar jangarilar mehmonxonani yoqib yuborganini aytmoqda.

Hodisa joyida politsiya xodimlari hujum uyushtirganlar bilan otishmaga kirishdi. Ulardan biri terrorchi-xudkush ekanligi, jangarilar granatalar va avtomat qurol ishlatgani bildirilmoqda.

Afg‘oniston IIV bir necha kishi halok bo‘lganini tasdiqladi, biroq ularning aniq sonini keltirmadi. Shuningdek, jangarilar odamlarni garovga olgan bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2018, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют