» » Rejissor Jahongir Ahmedov Islomxo‘ja haqida tarixiy film suratga oladi

Rejissor Jahongir Ahmedov Islomxo‘ja haqida tarixiy film suratga oladi


Rejissor Jahongir Ahmedov “Islomxo‘ja” deb nomlangan tarixiy, badiiy-publisistik janrdagi filmni suratga olish ishlariga kirishdi. Bu haqda “O‘zbekkino” MA matbuot xizmati jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

“Islomxo‘ja” nomli badiiy-publitsistik film ssenariysi Jo‘rabek Ro‘zmetov tomonidan yozilgan bo‘lib, filmni rejissor Jahongir Ahmedov suratga olmoqda. Filmda XX asr boshlarida Xiva xonining bosh vaziri, islohotchi Islomxo‘ja Ibrohimxo‘ja o‘g‘lining bunyodkorlik ishlari va uning fojiasi haqida hikoya qilinadi. “Islomxo‘ja” badiiy-publitsistik filmining rejissorlik ssenariysini yozish jarayonida ijodiy guruh Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida xizmat safarida bo‘lib, qahramonning Rossiya bilan bog‘liq faoliyatini o‘rganib qaytdi. Badiiy kengashning 2018-yil 11-yanvarda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida Sankt-Peterburg shahrida tanlangan manzillar va liboslar asosida film uchun tayyorlangan eskizlar ham muhokama etildi. Ushbu filmni joriy yil “Ezgu-film” kinostudiyasida suratga olish rejalashtirilgan.

“O‘zbekkino” MA matbuot xizmati



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-01-2018, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 70) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют