» » Olmali va mayizli xushbo‘y maffinlar

Olmali va mayizli xushbo‘y maffinlar


Xushbo‘y ziravorlar odatdagi taomlar mazasini tanib bo‘lmas darajada o‘zgartirib yuborishi mumkin! Ziravorlar qo‘shilgan pishiriqlarning hidi esa uy ichiga o‘ziga xos iliqlik va fayz bag‘ishlaydi.

Duxovkani oldindan 180°C gacha qizdirishga qo‘ying. Kekslar uchun formalarni zaytun yog‘i bilan moylang yoki qog‘oz formachalar to‘shang.

Qalampirmunchoqni hovonchada yoki qahva ezgichda maydalang.

Ikkala turdagi unlarni (agar yirik tortilgan un bo‘lmasa, unda faqat bug‘doy un ishlating), shakar, yumshatgich, zanjabil, dolchin, qalampirmunchoq va tuzni aralashtiring.

Olmaning o‘zagini olib tashlang, kichikroq bo‘lakchalarga bo‘ling.

Qatiqqa 125 ml zaytun yog‘ini qo‘shing va qoshiq bilan aralashtiring. Yog‘ning sifatli va mazali bo‘lishi juda muhim, chunki maffinlarning xushbo‘yligi va mazasi shunga bog‘liq!

Yog‘ bilan qatiqqa olmani qo‘shing va aralashtiring.

Aralashmaning ustiga ziravorlar va mayiz qo‘shilgan unni seping, hammasini birga aralashtiring. Shuni esda tuting: agar xamirni haddan tashqari uzoq vaqt aralashtirsangiz unda maffinlarning ichi juda quruq bo‘lib qoladi.

Xamirni formalarga ularning 2/3 qismi to‘ladigan qilib joylaymiz, chunki pishish vaqtida maffinlar ko‘tariladi.

Maffinlarni qizdirilgan duxovkada 15 daqiqadan to yengil qizarguncha pishiring. Keyin biroz soviting va dasturxonga torting.

Yoqimli ishtaha!

Manba: “Edimdoma.ru”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют