» » O‘FF ish uslubi Ispaniya futbol federatsiyasiniki kabi bo‘ladi. Umid Ahmadjonov ispanlar bilan kelishuvga erishdi

O‘FF ish uslubi Ispaniya futbol federatsiyasiniki kabi bo‘ladi. Umid Ahmadjonov ispanlar bilan kelishuvga erishdi


Ispaniya futbol federatsiyasi rahbariyati bilan uchrashgan O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov bir qator masalalarda kelishuvga erishdi.

Unga ko‘ra, o‘z tizimini tubdan isloh qilayotgan O‘zbekiston futbol federatsiyasi endilikda ish uslubini ispanlarniki kabi yo‘lga qo‘yadi. Bu borada Ispaniya futbol federatsiyasi O‘FFga amaliy yordam beradi va o‘z mutaxassislarini Toshkentga jo‘natadi.

Shuningdek, O‘zbekiston klublari ham ish yuritish sistemasini Ispaniya klublari kabi yo‘lga qo‘yishga harakat qiladi. Kelishuvga ko‘ra, mart oyida o‘zbekistonlik bir qator mutaxassislar ish o‘rganish uchun Ispaniyaga boradi.

Umid Ahmadjonov Ispaniya futbol federatsiyasida faoliyat olib borayotgan mashhur futbolchi Fernando Yerro bilan o‘smirlar futboli masalasida ham suhbat qurgan. Unga ko‘ra, O‘zbekiston U16 terma jamoasi Yevropadagi bir qator futbol turnirlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ya’ni, har ikki mamlakat o‘smirlaridan tashqari, Germaniya, Fransiya, Angliya, Italiya kabi termalar ishtirok etadigan musobaqalarga o‘zbekistonliklar ham taklif etilishi mumkin bo‘ladi.

O‘FFdagi ish o‘rinlaridan tortib, uning faoliyat olib borish tizimiga qadar ispanlarniki bilan muvofiqlashtiradigan bo‘ldik. Bu borada Ispaniya futbol federatsiyasi mutaxassislarining o‘zi bizga amaliy yordam beradi.

Har taraflama o‘ylab ko‘rdik, ko‘ryapmizki, klublar miqyosida ham, terma jamoalar tasnifida ham ispaniyaliklar katta yutuqlarga erishmoqda. Demak, ularning tizimiga havas qilishimiz va o‘rganish obyekti sifatida ispanlarni tanlab olishimiz normal holat.

Ish faqatgina federatsiya tizimi bilan cheklanib qolmaydi. Mamlakatimiz klublaridan tortib, murabbiylar tayyorlash bosqichlariga qadar ular bilan hamkorlik qilishga intilamiz. Rejamiz bo‘yicha mart oyida bir qator mutaxassislarimiz bo‘lgan O‘zbekiston delegatsiyasi Ispaniyaga ish o‘rganish uchun keladi.

Umid Ahmadjonov, O‘FF prezidenti

Tashkilot prezidenti bugun tushdan keyin “Real Madrid” futbol akademiyasi rahbariyati bilan ko‘rishadi va uning filialini Toshkentda tashkil etish masalasida fikr almashadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 50) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют