» » “Alisher Uzoqov — xon, Ulug‘bek Qodirov — bosh vazir roliga tasdiqlanishi mumkin”. “Islomxo‘ja” filmi uchun katta fotosinov ishlari bo‘lib o‘tmoqda

“Alisher Uzoqov — xon, Ulug‘bek Qodirov — bosh vazir roliga tasdiqlanishi mumkin”. “Islomxo‘ja” filmi uchun katta fotosinov ishlari bo‘lib o‘tmoqda


“O‘zbekkino” buyurtmasi bilan rejissor Jahongir Ahmedov “Islomxo‘ja” deb nomlangan tarixiy, badiiy-publisistik janrdagi filmni suratga olish ishlariga tayyorgarlikni boshladi.

Filmning dastlabki fotosinov ishlari bo‘lib o‘tdi. Rejissor Jahongir Ahmedov jurnalist Feruz Muhammadga filmning dastlabki fotosinovidagi foto lavhalarni taqdim etdi.

Islomxo‘ja roliga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Behzod Muhammadkarimov hamda Ulug‘bek Qodirov fotosinov topshirgan.

Asfandiyorxon roliga  Bobur Aytmagambetov hamda Alisher Uzoqovlar da’vogarlik qilmoqda.

Muhammad Rahimxon II Feruz roli uchun O‘zbekiston xalq artisti Muhammad Ali Abduqunduzov hamda O‘zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Hoshim Arslonovlar fotosinov topshirishgan.

Eron elchisi Ishoqxon roliga Muhammad Iso Abdulxayirov hamda aktyor Azamat Axrorovlar fotosinov topshirishgan.

Filmdagi boshqa obrazlar uchun hali ham foto sinovlar davom etmoqda.

Islomxo‘janing qizi, Asfandiyorxonning xotini, malika Azizaposhsha bika roli uchun 20 yoshdan 30 yoshgacha  bo‘lgan o‘zbek aktrisalari o‘rtasida katta fotosinov bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 20:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 34) ( 0) ( 32) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют