» » BAAda namoz o‘qish uchun yo‘l chetida to‘xtagan haydovchilar jarimaga tortiladi

BAAda namoz o‘qish uchun yo‘l chetida to‘xtagan haydovchilar jarimaga tortiladi


Birlashgan Arab Amirliklarida transport vositalarini katta yo‘llardagi to‘xtash mumkin bo‘lmagan joylarda to‘xtatgan haydovchilarga ming dirham (272 dollar) jarima solinadi, deb yozadi Gulf News.

Mahalliy hukumat izoh berishicha, bunday qaror haydovchilarning bunday joylarda to‘xtashi yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari uchun xavfli bo‘lgani sababli qabul qilingan. Ta’kidlanishicha, ishchilarni olib ketayotgan avtobuslar haydovchilari, shuningdek, boshqa avtomobilchilar yo‘l chetida ko‘p hollarda aynan namoz o‘qish uchun to‘xtaydi.

Yo‘l politsiyasi vakillari buning uchun yoqilg‘i quyish shoxobchalaridagi maxsus ibodatxonalardan foydalanishga, shuningdek, yo‘lda namoz o‘qigandan ko‘ra, to‘g‘ridan-to‘g‘ri masjidga borishga chaqirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют