» » Abu-Dabida 11 yoshli bolaning qotili hukmdan norozi bo‘lib apellyatsiya berdi

Abu-Dabida 11 yoshli bolaning qotili hukmdan norozi bo‘lib apellyatsiya berdi


Abu-Dabida 11 yoshli bolani zo‘rlab, so‘ng bo‘g‘ib o‘ldirgani uchun o‘lim jazosiga mahkum etilgan 33 yoshli pokistonlik barcha ayblovlarni rad etib, yanglish tarzda sud qilinganini aytmoqda, deb yozadi UAE Inside.

O‘tgan yilning noyabrida sud qilingan qotilga, shuningdek, bolaning oilasiga 200 ming dirham tovon puli to‘lash ham yuklatilgan edi.

Ammo u qarordan norozi bo‘lib shikoyat arizasi berdi va apellyatsiya topshirdi.

Bolaning otasi o‘lim jazosini talab qilib turib oldi.

Apellyatsiya 13-fevralda ko‘rib chiqiladi.

Nashr eslatishicha, 2017-yil 1-iyun kuni pokistonlik bola namoz o‘qish uchun qo‘shni masjidga ketib, bedarak yo‘qolgan edi. Uning jasadi ertasi kuni Muroor Road ko‘chasidagi bino tomidan topilgan edi. Sud hujjatlarida aytilishicha, bola jinsiy zo‘ravonlikka uchragan va bo‘g‘ib o‘ldirilgan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, pokistonlik erkak ayol kiyimini kiyib olib, bolani aldab tomga chaqirib olgan va u yerda bolani xo‘rlab, so‘ng o‘ldirgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 08:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 41) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют