» » Davlat idoralariga yo‘llangan petitsiyalar yuzasidan chora ko‘rish majburiy bo‘ladi

Davlat idoralariga yo‘llangan petitsiyalar yuzasidan chora ko‘rish majburiy bo‘ladi


2018-yilda O‘zbekistonda fuqarolarning davlatni boshqarishda ishtirok etishga bo‘lgan huquqini ro‘yobga chiqarishning yangi mexanizmi sifatida elektron jamoaviy murojaat qilish – petitsiya yo‘llash tizimi joriy qilinadi, deb xabar berdi O‘zA.

Bu O‘zbekiston Prezidentining 22-yanvardagi Farmoni bilan qabul qilingan “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida ko‘zda tutilgan.

Ushbu tizim fuqarolarga davlat hokimiyatining vakillik organlariga aniq savollar qo‘yish imkonini beradi. Tegishli organlar esa fuqarolarning ma’lum soni tomonidan ma’qullangan murojaatlar yuzasidan chora ko‘rishi shart bo‘ladi.

Endilikda faol fuqarolar va jamoat tashkilotlari turli muammolar yechimi bo‘yicha tashabbus ko‘rsatishlari mumkin. Shu orqali “Mamlakat hayotiga aloqador eng muhim qarorlar bevosita muloqot asosida qabul qilinadi”, degan tamoyil amalda ro‘yobga chiqariladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 12:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют