» » Ufada 23 yoshli qizni pichoqlab o‘ldirgan va joniga qasd qilgan o‘zbekistonlik yigit olamdan o‘tdi

Ufada 23 yoshli qizni pichoqlab o‘ldirgan va joniga qasd qilgan o‘zbekistonlik yigit olamdan o‘tdi


Boshqirdistonning Ufa shahrida 23 yoshli qizni pichoqlab o‘ldirgan  o‘zbekistonlik Ali ismli yigit shahar kasalxonasida o‘ziga kelmay olamdan o‘tdi. Bu haqda “Ufa1.ru” xabar bermoqda.

Fojia o‘tgan yilning 20-dekabrida Chernikovka kichik tumanining “Pobeda” do‘konida ro‘y bergandi. Kechki payt do‘konga qiz qochib kiradi, uning ortidan darg‘azab yigit bostirib kelib, “Hech kimniki bo‘lmaysan” deb pichoq bilan tashlanadi.

Tergovga ko‘ra, 26 yoshli ayblanuvchi qizga 11 marotaba pichoq urgan. U olingan jarohatlar oqibatida voqea joyida o‘ldi, o‘ziga ham pichoq urgan yigit esa kasalxonaga olib ketildi.

Keyinchalik qizning ismi Shahnoza ekanligi, Ali bilan internetda tanishgani ma’lum bo‘ldi. Ikki oy davom etgan munosabatlardan so‘ng Ali qizga turmushga chiqishni taklif qiladi, biroq rad javobini oladi. Jinoyatga shu sabab bo‘lgani bildirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют