» » Yangi malika Megan Markl to‘g‘risida nimalarni bilish kerak?

Yangi malika Megan Markl to‘g‘risida nimalarni bilish kerak?


Yaqinda shahzoda Garri va Megan Markl unashtirilganini e’lon qildi. Biz bolalikdan beri Britaniya paparatssisining diqqat markazida bo‘lgan Garri haqida yetarlicha ma’lumotlarga egamiz, lekin bo‘lajak malika haqida deyarli hech narsani bilmaymiz.

Megan — Suits serialidagi roli orqasida shuhrat qozongan Gollivud yulduzi. Megan aloqalar bo‘yicha mutaxassislik ma’lumotiga ega, u ko‘p yillardan buyon o‘z istagiga ko‘ra elchi sifatida faoliyat yuritib keladi. Lekin ba’zi qiziqishlariga qarab u haqda ko‘proq narsalarni bilib olish mumkin.

2014-yildan to 2017-yilgacha Megan o‘zining The Tig deb nomlanuvchi shaxsiy blogini yuritgan. Afsuski u o‘z blogini yopishga qaror qildi.

O‘tgan yili iyun oyida Megan o‘zining Good Housekeeping jurnaliga bergan intervyusida, uning eng sevib tayyorlaydigan taomi — yaxshi qovurilgan jo‘ja ekanligini aytdi.

Nyu-yorklik  plastik jarroh Stiven Grinbergning aytishicha, Meganning burni — mijozlari tomonidan eng ko‘p talab qilinadigan burun ekan.

Megan o‘z faoliyatining boshida xattot bo‘lib ishlagan, shu jumladan 2005-yilda Robin Tikning to‘yiga taklifnomalarni yozgan.

Meganning Instagram’i bulutlarning fotosuratlaridan tashqari, ilhomlantiruvchi misralar bilan to‘la. Har tongda u o‘z obunachilariga eslatadi: “Bugun juda ajoyib bo‘l”. Buni o‘qiganingizdan keyin o‘zingizni yana ikki pog‘ona yaxshiroq his qilasiz.

Manba: “Heroine.ru”



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют