» » Finalga chiqqan o‘zbek futbolchilari, qabrga qo‘yilgan Aqto‘be qurbonlari, “Havo yo‘llari”ning ishdan olingan rahbari va kunning boshqa muhim xabarlari

Finalga chiqqan o‘zbek futbolchilari, qabrga qo‘yilgan Aqto‘be qurbonlari, “Havo yo‘llari”ning ishdan olingan rahbari va kunning boshqa muhim xabarlari


23-yanvarning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Tarixiy natija: O‘zbekiston U23 termasi Janubiy Koreyani yengib, Osiyo Chempionatining finaliga yo‘llanma oldi. Finaldagi raqib — Vyetnam. O‘yin 27-yanvar kuni bo‘ladi.

2. Aqto‘beda halok bo‘lganlar qabrga qo‘yildi. Tobutlar avval qurbonlarning oilalariga yetkazildi. Vidolashuvdan so‘ng janoza namozlari o‘qildi.

3. O‘zbekiston hukumati xorijga ishlashga ketayotganlarni transport vositalari xavfsizligiga e’tiborli bo‘lishga chaqirdi. Murojaat O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan berildi.

4. Ulug‘bek Ro‘ziqulov “O‘zbekiston havo yo‘llari” bosh direktori lavozimidan ozod qilindi. Ushbu voqea internetda aviakompaniya chiptalari o‘ta qimmatligi bilan bog‘liq tanqidlar fonida yuz berdi.

5. 11 oylik bola tanasidan 12 ta ignani chiqarib olgan shifokor: igna tanaga tashqi tomondan tiqilgan holatga birinchi marta duch kelishim. “Operatsiyaning o‘zi 9 soat davom etdi. Katta odamlar ham 3—4 soatlik operatsiyani ko‘tarishi qiyin”.

6. Toshkentda Kinochilar uyi to‘liq buzib tashlandi. Bino 1982-yili Toshkent kinofestivali munosabati bilan foydalanishga topshirilgan edi. Endi uning o‘rnida Tashkent City’ning bir bo‘lagi qad rostlaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-01-2018, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют