» » Savodsizlikka xizmat qilayotgan nashrlar 

Savodsizlikka xizmat qilayotgan nashrlar 


O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan chiqarilgan taqdimnomalar soni o‘tgan yili qariyb 150 taga yetdi. O‘zA agentlik yetakchi mutaxassisi Shoqahhor Salimovning bu boradagi fikrlariga o‘rin berdi.

Afsuski barcha tahririyatlar ham bundan ijobiy xulosa chiqargani yo‘q. Ayniqsa, o‘zbek tiliga bepisandlik tashvishga soladi. Hech bir zamonda gazeta va jurnallarda bugungi kun darajasidagi imloviy xatolar, mantiqsiz so‘zlar qo‘llanilmagan.

Quyidagi jumlaga e’tibor bering: “Filmlarda salbiy rollarni ijro etib xalqning mehrini qozongan aktyor Javohir Zokirov” (“Voha” gazetasi, 18-yanvar). Qani mantiq? J.Zokirov aynan salbiy rollarni ijro etgani uchun emas, balki rollarni yuksak mahorat bilan talqin etgani bois shuhrat qozongan bo‘lsa kerak?!

“Noyob dunyo” gazetasi muassislariga taqdimnoma chiqarganimiz bilan halichaga tahririyat manzili Qorasuv – “Korasuv”, nashrga mas’ul esa “ma’sul”ligicha qolgan. 8 betdan iborat gazeta internetdagi ma’lumotlar asosida bir kishi tomonidan tayyorlangan.

Buxoroda chop etilayotgan “Ma’naviyat sarchashmasi” gazetasining 2017-yil 14-dekabr soni imloviy-mantiqiy xatolar bo‘yicha gazetalar orasida o‘ziga xos rekord o‘rnatdi. Qanday qilib bu nashr ma’naviyat sarchashmasi bo‘lishi mumkin, agar savodsizlikka xizmat qilayotgan bo‘lsa? Gazeta mutasaddilari yana bir joyda uni “viloyatimizdagi yagona iqtisodiy nashr”, boshqa joyda “madaniy-ma’rifiy, ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy gazeta” deb tanishtirmoqda. Bu “yagona nashr”ning adadi bor-yo‘g‘i 280 nusxani tashkil qilgan. Bir sahifasi to‘liq teledasturdan iborat.

“To‘g‘ridan to‘g‘ri” ko‘rsatuvi “To‘Qridan—to‘Qri”, “Halovat ko‘chasi” –“O‘alovat ko‘chasi”, “Hidoyat sari”—“O‘idoyat sari”, “Mening bog‘im” esa “Mening boQim” shaklida berilgan. Yoki “Odobnoma oyligi” “Odobgoma oyligi” deb chop etilgan. XXI asrdagi gazetada hech qanday dizayn, matbaa sifati yo‘q.

“Oltin asr” jurnalining tashkil bo‘lgandan beri bori-yo‘g‘i 5 ta soni nashrdan chiqdi. Har bir soni yuzdan ortiq jiddiy xatolar bilan! “Farovon yurt” nashri ham o‘tgan yildagi sonlari bilan bu borada yetakchilik qildi. Bu ham yetmaganidek, gazetaning o‘tgan yilgi bir necha sonlarida berib kelinayotgan “Suiqasd” qissasida odob-axloq me’yorlariga zid, yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir o‘tkazuvchi shahvoniy holatlar tasvirlangan. “Zulfiyaxonim” nomli nashrda esa Zulfiyaxonim izdoshlarini deyarli ko‘rmaymiz. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-01-2018, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют