» » Norin tumanida bolalar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari 40 foizga kamaydi

Norin tumanida bolalar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalari 40 foizga kamaydi


O‘tgan yili Namangan viloyatining Norin tumanida 27 ta, jumladan, bolalar bilan bog‘liq 3 ta yo‘l-transport hodisasi sodir etildi. Bu 2016-yilga nisbatan 40 foizga kam, deya xabar beradi “Daryo” muxbiri. 

Tumandagi 1-maktabda o‘tkazilgan amaliy tadbir ham yo‘l-transport hodisalarining oldini olishga bag‘ishlandi. Maktab hovlisi yo‘l belgilari va sfetofor bilan jihozlandi. 

Yo‘l harakati qoidalarini o‘rganish maydonchasidagi mashg‘ulotlarda o‘quvchilar va tumanda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi 120 nafar haydovchi ishtirok etdi.

Qatnashchilarga xavfsizlik qoidalarini o‘zida aks ettirgan bukletlar tarqatildi. Haydovchi va piyodalarning majburiyatlari ko‘rgazmali tarzda namoyish etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2018, 16:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 103) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют