» » Michiganda uysizga aylanishiga bir baxya qolgan ayol lotereyada 390 ming dollar yutdi

Michiganda uysizga aylanishiga bir baxya qolgan ayol lotereyada 390 ming dollar yutdi


Onasini parvarish qilib, ko‘chada qolishiga bir baxya qolgan klarkstonlik (Michigan shtati) 50 yoshli ayol lotereya chiptasini xarid qilib, 390 ming dollar yutdi. Bu haqda CNN xabar berdi, deb yozadi ForumDaily.

Shavna Donneli Lucky for Life lotereya chiptasini ikki dollarga xarid qilgan edi.

Ayol kechasi uyg‘onib, lotereya natijasini tekshirdi va 15-11-15-32-33-40 raqamlarini to‘g‘ri topganligini ko‘rib, hayratga tushdi.

“To‘g‘ri topganimni ko‘rganimda, lotereyada haqiqatan yutganligimga ishonch hosil qilish uchun yuz marta qayta tekshirdim”, — dedi u lotereya tashkilotchilariga.

U 22-yanvar kuni lotereyaning Michigandagi ofisiga kelib, yutuq summasini bir vaqtda olishni tanladi. Ayol bu pullarga uy va mashina xarid qilish, qolganini jamg‘arib qo‘yishni rejalashtirmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-01-2018, 18:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют