» » Toshkentning yana 280 ta chorrahasiga kameralar o‘rnatiladi

Toshkentning yana 280 ta chorrahasiga kameralar o‘rnatiladi


Videokuzatuv va yo‘l harakati qoidabuzarliklarini qayd etish kameralari Toshkentning yana 280 ta chorrahasiga o‘rnatiladi. Bu haqda 25-yanvar, payshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi “Kompyuter markazi” bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Muratov aytib o‘tdi. Chorrahalarning kameralar bilan qamrab olinishini kengaytirish 2018—2020-yillarga mo‘ljallangan dasturda ko‘zda tutilgan, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Ayni paytda kameralar faqat svetoforning qizil chirog‘idan o‘tib ketish va tezlikni oshirish holatlarini qayd qiladi. Shuhrat Muratovning so‘zlariga ko‘ra, yaqin orada boshqa turdagi qoidabuzarliklarni qayd etishni joriy qilish rejalashtirilmayapti.

Toshkent shahrining 115 ta chorrahasida o‘rnatilgan kameralar 2017-yil 15-martdan boshlab qoidabuzarliklarni qayd eta boshlagan edi. Birinchi kuni 8000 dan ortiq qoidabuzarliklar qayd etilgandi, biroq bir haftadayoq ularning soni kuniga 2000 tagacha kamaygandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2018, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют