» » Britaniya mudofaa vaziri Rossiyaning “minglab qurbonlar”ga olib keladigan ehtimoliy zarbasi haqida ogohlantirdi

Britaniya mudofaa vaziri Rossiyaning “minglab qurbonlar”ga olib keladigan ehtimoliy zarbasi haqida ogohlantirdi


Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Gevin Uilyamson Rossiya Britaniya infratuzilmasiga va energiya ta’minoti tizimiga zarba berishi mumkinligini, bu esa “minglab va minglab” qurbonlarga olib kelishi mumkinligini aytdi, deb yozadi “Gazeta.ru” The Telegraph’ga tayanib.

Nashrga bergan intervyusida Uilyamson Rossiya Britaniyaning nozik infratuzilmasini va uning energiya ta’minoti tizimi bilan aloqasini o‘rganayotganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva “boshqa har qanday mamlakat nomaqbul deb topadigan” xatti-harakatlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Nashr eslatishicha, avvalroq Britaniya qurolli kuchlari bosh shtabi rahbari Nikolas Karter Rossiyaning “dushmanlarcha xatti-harakatlari” haqida ogohlantirgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2018, 10:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют