» » Afrika ittifoqi mamlakatlari korrupsiya tufayli har yili 50 milliard dollar yo‘qotayotganligi ma’lum bo‘ldi

Afrika ittifoqi mamlakatlari korrupsiya tufayli har yili 50 milliard dollar yo‘qotayotganligi ma’lum bo‘ldi


Afrika mamlakatlari har yili 50 milliardga yaqin mablag‘dan mahrum bo‘layotganligining sababi korrupsiyadir. Bu haqda 25-yanvar, payshanba kuni Afrika ittifoqi komissiyasi raisi Musa Faki Muhammad ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

Afrika ittifoqi Ijro kengashining Efiopiya poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan majlisida chiqish qila turib Faki Muhammad korrupsiya muammosi Afrika qit’asining barcha mamlakatlariga u yoki bu darajada dahldor ekanligini ta’kidladi.

“Afrika korrupsiya harakatlari tufayli yo‘qotayotgan pullar investitsiya sifatida kiritilgan taqdirda tashqi yordam ko‘rinishida kelayotgan mablag‘larga qo‘shimcha bo‘lishi mumkin edi”, — deydi komissiya raisi.

Faki Muhammad korrupsiyaga qarshi kurash terrorizmga qarshi kurash kabi global bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2018, 14:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 99) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют