» » Namangan o‘zini sement bilan ta’minlaydi

Namangan o‘zini sement bilan ta’minlaydi


Pop tumanidagi sobiq “Uzruberoid” mas’uliyati cheklangan jamiyati negizida tashkil etilgan kichik sanoat hududida dastlabki loyihani amalga oshirishga kirishildi. Bu yerda xitoylik investorlar bilan hamkorlikda sement zavodi qurilmoqda, deb xabar beradi “Xalq so‘zi”.

“Popsement” qo‘shma korxonasi ishga tushishi bilan mahalliy xom ashyodan yiliga 500 ming tonnagacha sifatli qurilish ashyosi tayyorlash imkoniyati yuzaga keladi. Buning uchun 54 million dollar sarmoya yo‘naltirilmoqda.

Biznes-rejaga muvofiq, loyihani joriy sentyabr oyida nihoyasiga yetkazish ko‘zda tutilgan. Shunda bu yerda 300 kishining bandligi ta’minlanadi.

— Ayni paytda binokorlarimizning sementga bo‘lgan ehtiyoji asosan boshqa viloyatlardan keltiriladigan mahsulot hisobiga qoplanmoqda, — deydi viloyat iqtisodiyot va hududlarni kompleks rivojlantirish bosh boshqarmasi bosh mutaxassisi Farhod Madrahimov. — Yaqin vaqt ichida ijrosini topadigan uch loyiha sharofati bilan yiliga 1,2 million tonnadan ko‘proq qurilish xom ashyosini Namanganning o‘zida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Bu sement ta’minotidagi muammolar yechimini topishidan tashqari joylarda 400 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratiladi, degani.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2018, 19:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют