» » Shavkat Mirziyoyev Sherobodda barpo etilayotgan sement zavodi qurilishini borib ko‘rdi

Shavkat Mirziyoyev Sherobodda barpo etilayotgan sement zavodi qurilishini borib ko‘rdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga safari davomida Sherobod tumanida Olmaliq kon-metallurgiya kombinati tomonidan barpo etilayotgan sement zavodi qurilishi bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Qayd etishlaricha, tumandagi “Vandob” qishloq fuqarolar yig‘ini hududida bunyod etiladigan sement zavodi vohada qurilish sanoatini zamon talablari darajasida rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Loyiha qiymati 212,8 million dollar bo‘lgan ushbu sanoat korxonasida yiliga 1,5 million tonna portlandsement ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan.

Korxona ishga tushgach, bu yerda mingdan ziyod yangi ish o‘rni yaratiladi. Mahsulotning asosiy qismi ichki talabni qondirishga yo‘naltiriladi.

“Davlatimiz rahbari ushbu zavod nafaqat viloyat, balki mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Loyihachi va quruvchilar bilan suhbatda qurilish sur’atlarini jadallashtirish, sifat va muddatga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Опубликовано: admin (10-02-2017, 19:29)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 112) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют