» » Xitoylik 10 yoshli bola do‘stlari bilan 30 ming dollarlik 30 ta yangi elektrokarga shikast yetkazdi

Xitoylik 10 yoshli bola do‘stlari bilan 30 ming dollarlik 30 ta yangi elektrokarga shikast yetkazdi


Xitoyning Chunsin shahrida 10 yoshli bola boshchiligidagi bolalar guruhi dilerlik markazi avtomobillar turargohida turgan 30 ta yangi elektromobilga shikast yetkazdi. Zararning umumiy summasi 31 ming dollarni tashkil etdi. Bu haqda Channel NewsAsia xabar bermoqda, deb yozadi “Motor”.

Yanvar boshida mahalliy avtomobil sotuvchilardan biri politsiyaga murojaat qilib, uning avtomobillar turargohida o‘ttizta avtomobilga shikast yetganligini ma’lum qildi. Huquqni muhofaza qilish organlari hafta davomida yuz bergan hodisani o‘rgandi va bunga o‘n yoshli bola aloqador ekanligini aniqladi.

Qo‘lga tushgan bola o‘ynash uchun turargohga borishni yoqtirganligini bildirdi. U yerdagi avtomobillar ochiq va kaliti ham borligini aniqlagan bola mashinalardan birini haydash uchun olgan. Uning so‘zlariga qaraganda, u avtomobil haydashni kattalarga qarab o‘rgangan.

Shundan so‘ng u turargohga do‘stlarini chaqirib, ularga avtomobillarni boshqarishni ko‘rsatgan va ular birga o‘ynagan. O‘yinlardan biri avtomobillarni bir-biri bilan to‘qnashtirishni ko‘zda tutgan.

Diler bolalarning ota-onasidan yetkazilgan zararni undirishni talab qilish niyatida. Bolalardan hech biri elektrokarlar bilan o‘ynash davomida jabrlanmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-01-2018, 23:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют