» » Final oldidan: Ravshan Haydarov o‘zbekistonliklarga, Park Xang Seo vyetnamliklarga quvonch ulashmoqchi

Final oldidan: Ravshan Haydarov o‘zbekistonliklarga, Park Xang Seo vyetnamliklarga quvonch ulashmoqchi


Bugun — 27-yanvar kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston U23 terma jamoasi Osiyo Chempionatining final o‘yinida Vyetnamga qarshi maydonga tushadi.

O‘z jamoalarini finalga qadar yetaklab kelgan murabbiylar o‘yinoldi matbuot anjumanida ishtirok etdi. O‘zbekistonliklar ustozi Ravshan Haydarov Yaponiya va Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinlar oldidan bo‘lgani kabi, shogirdlarining muvaffaqiyatiga to‘la ishonmoqda.

Osiyo Chempionatida 5 ta o‘yin o‘tkazdik. Har biri o‘ziga yarasha qiyin kechdi va har biridan saboq oldik. Endi ularni unutib, bugun faqat finalda g‘olib chiqishga e’tibor qaratamiz.

Hamma ham hal qiluvchi o‘yinda ishtirok etishni istaydi. Sezib turibmanki, Vyetnamga qarshi o‘yin og‘ir kechadi. Chunki kuchsiz jamoa bu bosqichgacha yetib kela olmasdi. Shunday bo‘lsa-da, bemalol aytaman: jamoam finalga tayyor. Biz g‘alabadan boshqa narsa haqida o‘ylayotganimiz yo‘q.

Ravshan Haydarov, O‘zbekiston U23 bosh murabbiyi

Vyetnam termasi kutilmaganda finalga qadar yetib kelgach, mamlakat ko‘chalarida katta bayram boshlanib ketdi. Bu esa tabiiyki, futbolchilar ruhiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.

Shu vaqtgacha qanday o‘ynagan bo‘lsak, finalda ham shunday bo‘ladi. Bu yergacha kelishimizni Vyetnam ko‘chalarida qanday nishonlaganlarini ko‘rdik, bu bizning kayfiyatimizni ko‘tardi, o‘zimga ham qattiq ta’sir qildi, murabbiy bo‘lib ishlayotganimdan faxrlanib ketdim.

Mana shu tuyg‘u oxirigacha saqlanib qolishi uchun ham bugun yutmasak bo‘lmaydi. Maqsadimiz — vyetnamliklarga quvonch ulashish. Ammo raqib juda kuchli va tezkor. Ular hujumda ham, himoyada ham birdek o‘ynay oladi.

Park Xang Seo, Vyetnam U23 bosh murabbiyi

Toshkent vaqti bilan 13:00 da start oladigan final uchrashuvini O‘zbekistonning bir qator shaharlarida katta ekranlarda tomosha qilish mumkin. Hozircha Namangan, Navoiy, Samarqand, Andijon va Toshkent shaharlari katta ekranlar masalasini to‘liq hal qilib ulgurgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (27-01-2018, 11:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют