» » FVV Toshkentda aniq yashash joyiga ega bo‘lmagan va ko‘chada uxlayotgan fuqarolarga yordam ko‘rsatdi

FVV Toshkentda aniq yashash joyiga ega bo‘lmagan va ko‘chada uxlayotgan fuqarolarga yordam ko‘rsatdi


26-yanvar kuni FVVning rasmiy veb-saytida ochilgan “Vazirga savol” rukni orqali Toshkent shahrida yashovchi fuqaro Sh.Mirkomilov “Aniq yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxs ko‘chada uxlayotganligi va unga sovuq kunlar o‘tgunga qadar amaliy yordam ko‘rsatilishi zarurligi to‘g‘risida” Vazirga murojaat qilgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vazirning topshirig‘iga ko‘ra, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Qutqaruv guruhi tezkorlik bilan ko‘rsatilgan manzilga yuborilgan.

Manzilga yetib borgan Qutqaruv guruhi tomonidan Mirobod tumani, Katta Mirobod 2-tor ko‘chasida tashqarida uxlayotgan, aniq yashash joyiga ega bo‘lnmagan, 1952-yil tug‘ilgan fuqaro Yusupov Aleksandrga birinchi yordam ko‘rsatilib, Mirobod tumani IIB profilaktika inspektori bilan birgalikda yaqin tibbiyot birlashmasiga joylashtirildi.

Bundan tashqari, Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Bunyodkor ko‘chasi, “Bunyodkor” metrosi yaqinida uxlayotgan aniq yashash joyiga ega bo‘lgan, 1946-yilda tug‘ilgan fuqaro Sandrunov Anatoliyga birinchi yordam ko‘rsatilib, tegishli choralar ko‘rish uchun Shayxontohur tumani 61-sonli shahar Ichki ishlar bo‘limi xodimiga topshirildi.

Vazirlik fuqarolardan va mamlakat mehmonlaridan havoning sovuq kunlari issiq kiyinib yurishni hamda shaxsiy xavfsizlikka rioya etishni so‘rab qoldi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2018, 09:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют