» » Bugun — 28-yanvar kuni Toshkentda professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi. Undan 17 ta jang o‘rin olgan

Bugun — 28-yanvar kuni Toshkentda professional boks kechasi bo‘lib o‘tadi. Undan 17 ta jang o‘rin olgan


Poytaxt Toshkent professional boks kechasiga mezbonlik qiladi. Unda mezbon charm qo‘lqop ustalaridan tashqari Qirg‘iziston, Vyetnam hamda Chechenistondan kelgan bokschilar ringga chiqadi.

17:00 da start oladigan boks kechasi o‘z ichiga 17 ta jangni oladi. “Temurlang” promousheni tomonidan tashkil etilayotgan oqshomga O‘zbekiston taekvondo federatsiyasi majmuasi mezbonlik qiladi.

Shu kuni WFA chempioni hisoblangan Jamshid Najmiddinov (17-1-0) ham ringga ko‘tariladi. Quyida juftliklar taqdim etilgan.

Promouterlik kompaniyamiz faoliyatiga ko‘p bo‘lmadi. Ammo hozirga kelib, salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritib ulgurdik. Jamshidbek Najmiddinovning WFA yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgani bunga misol bo‘la oladi. Maqsadimiz — yurtimizda professional boks ommaviyligini oshirish.

Bu borada O‘zbekiston professional boks federatsiyasi mutassadillari bilan hamfikir bo‘lib ish yuritmoqdamiz. Federatsiyaning bizga bo‘lgan ishonchi uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.

Xusrav Nasrullayev, “Temurlang” promousheni rahbari



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2018, 14:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 38) ( 0) ( 37) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют