» » “Titanik”da epizod rolni o‘ynagan bolakay hali ham uning uchun pul olmoqda

“Titanik”da epizod rolni o‘ynagan bolakay hali ham uning uchun pul olmoqda


“Titanik” filmida kemaning pastki kayutasidagi irlandiyalik kichkina bola rolini o‘ynagan Ris Tompson bugungi kunga qadar 20 yil avval filmda suratga tushgani uchun haq olmoqda. Bu haqda “Daily Afisha” xabar berdi.

Tompsonning so‘zlariga ko‘ra, suratga olish vaqtida u besh yoshda bo‘lgan. O‘ynalgan uchta sahna uchun u 30 ming dollar gonorar olgan. Bolaning suratga olish maydonida o‘tkazgan vaqti uchun unga alohida stavkada haq to‘langan. Olingan pullarni bolaning oilasi bankka qo‘ygan. Bu summaning katta qismi esa allaqachon ishlatilgan, biroq shunga qaramasdan, Tompson har chorakda pul oladi.

Tompsonga filmning fizik tashuvchilarga (disklar) qayta yozilgani, uning televideniyedagi translyatsiyasi va striming xizmatlari uchun uchun cheklar kelib turadi. Yigit har yili 200 — 300 dollar oladi. Tompsonning aytishicha, u tasvirga olish jarayonlarini deyarli eslay olmaydi, biroq qo‘shimcha mablag‘ kelib turganidan doimo xursand.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-01-2018, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют