» » “O‘zavtosanoat” Janubiy Koreyaning Jeonju universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi

“O‘zavtosanoat” Janubiy Koreyaning Jeonju universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi


25-yanvar kuni “O‘zavtosanoat” AJda Janubiy Koreyaning Jeonju universiteti professor o‘qituvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda jamiyat matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Muzokaralar chog‘ida Jeonju universitetining xalqaro tajribasidan foydalangan holda 1—1,5 va 2 yillik ta’lim standartlarini hamkorlikda ishlab chiqish, o‘quvchi yoshlarning tajribasini oshirish maqsadida Koreya universitetida amaliyotlar tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek “O‘zavtosanoat” AJ va uning tasarrufiga olinishi rejalashtirilgan ta’lim muassasalarida ishlovchi pedagoglarning kamida 10 nafari 3 yil muddatda ilmiy ish olib borish orqali Ph.D ilmiy unvonini olishga ko‘maklashishga kelishib olindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2018, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 52) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют