» » Janubiy Koreyaning Ajou avtomobil sanoati kolleji Turin politexnika universiteti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi

Janubiy Koreyaning Ajou avtomobil sanoati kolleji Turin politexnika universiteti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi


Janubiy Koreya avtomobil sanoatining yetakchi Ajou motor kolleji prezidenti Shin Sung Ho boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar berdi “O‘zavtosanoat” matbuot xizmati.

2018-yilning 18-yanvar kuni kollej prezidenti Shin Sung Ho hamda Toshkent Turin politexnika universiteti rektori Kongratboy Sharipov o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida avtomobil sanoatining bir nechta yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikda o‘quv va innovatsion ishlar olib borishga kelishib olindi. Bunda avtomobil dizayni, arxitekturasi, boshqarish tizimlari, elektronikasi, diagnostikasi va magistrallardagi navigatsiyasi yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-ilmiy innovatsion startaplar dasturlari doirasida TTPU professor-o‘qituvchilari hamda “O‘zavtosanoat” AJ muhandis mutaxassislari hamda Janubiy Koreya avtomobil kompaniyalari GM, Daewoo, Hyundai va Kia Motors muhandislaridan tashkil topgan Ajou motor kolleji professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ish olib borishga kelishildi.

Uchrashuv chog‘ida TTPU hamda “O‘zavtosanoat” tasarrufiga o‘tishi rejalashtirilgan kasb-hunar kollejlarining 2 yillik ta’lim standratlarini ishlab chiqish hamda Janubiy Koreya tajribasini yurtimizdagi ta’lim muassasalariga tadbiq qilish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, delegatsiya O‘zbekistonga tashrifi doirasida Toshkent Politexnika muzeyi, “O‘zavtosanoat”ning Pskentdagi poligoni hamda GMPT korxonalarida bo‘ldi.

Daewoo kompaniyasi tashabbusi bilan ochilgan Ajou motor kolleji Janubiy Koreya avtomobil sanoating rivojiga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda. Ushbu ta’lim muassasi Janubiy Koreyaning avtomobil sanoati rivojlangan markazida bo‘lib, u Hundai, GM Korea va Kia Motors avtomobil kompaniyalariga mutaxassislar tayyorlaydi.

Hozirgi kunda ushbu ta’lim muassasasida avtomobil sanoating kelajagi bo‘lgan kelgusi avlod avtomobillari gibrid, aqlli va elekromobillarni yaratish keng yo‘lga qo‘yilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (22-01-2018, 09:43)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют