» » Texasda mahbus yegulik uchun qamoqxonadan qochib, yana ortiga qaytdi

Texasda mahbus yegulik uchun qamoqxonadan qochib, yana ortiga qaytdi


Texas shtatining Bomont federal qamoqxonasi mahbusi muassasa hududiga yeguliklar to‘la paketlar bilan qaytishga uringanida qo‘lga olindi. Bu haqda okrug sherifining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Politsiyaga bir necha mahbus qamoqxonadan noma’lum yuk mashinasi kelib to‘xtaydigan qo‘shni rancho hududiga o‘tib turishi haqida ma’lumot kelib tushdi. Ular tovarni olib, kontrabanda bilan panjara ortiga qaytgan. 

Shundan so‘ng mazkur hududda kuzatuv videokamerasi o‘rnatildi, pistirma qo‘yildi va qochoq qo‘lga olindi. U Dallasda tug‘ilib-o‘sgan va narkotiklar bilan bog‘liq ish yuzasidan jazosini o‘tayotgan 25 yoshli Joshua Xansen bo‘lib chiqdi.

Huquq-tartibot xodimlari erkakda bo‘lgan sport sumkasini tintib, 3 shisha brendi, bir shisha viski, bir necha quti sigareta, hafsala bilan o‘ralgan buterbrodlar, ko‘plab uy taomlari, jumladan, sosiskalar va qovurilgan tovuq topdi. 

Xansen qo‘lga olindi va qamoqxonaga qaytarildi. Hodisa tekshiruvi davom etmoqda. 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-01-2018, 23:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 94) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют