» » Farg‘onada tadbirkorlar bilan soliq tizimidagi o‘zgarishlar muhokama qilindi

Farg‘onada tadbirkorlar bilan soliq tizimidagi o‘zgarishlar muhokama qilindi


Farg‘ona viloyati davlat soliq boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan ko‘rgazmali seminarda tadbirkorlik subyektlariga soliq tizimida ro‘y bergan o‘zgarishlar haqida ma’lumot berildi. Bu haqda O‘zA xabar qilmoqda.

Ko‘rgazmali seminarda viloyat davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari B. Sultonov va boshqalar soliq tizimidagi bu kabi o‘zgartirish va imtiyozlar tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Birinchi navbatda, foyda va obodonlashtirish hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish soliqlari birlashtirildi. Ilgari foyda solig‘i stavkasi 7,5 foiz, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i stavkasi 8 foizni tashkil etgan. Endilikda ushbu soliq stavkasi avvalgi 15,5 foiz o‘rniga 14 foiz qilib belgilandi hamda chegiriladigan xarajatlar tarkibi kengaytirildi. Xususan, Soliq kodeksining 147-moddasida keltirilgan 28 turdagi soliq solish bazasidan chegirilmaydigan xarajatlardan 10 tasini chegirish imkoni berilmoqda.

Soliq kodeksining 6 moddasiga o‘zgartirish kiritilib, yuridik shaxslar uchun mol-mulk solig‘i obyektidan ko‘char mulklar chiqarildi. Ta’kidlash joiz, ayni vaqtga qadar mol-mulk solig‘i obyektiga ko‘chmas mulkdan tashqari mashina va uskunalar, transport vositalari va boshqa ko‘char tusdagi asosiy vositalar kirar edi.

Soliq kodeksining tegishli 3 moddasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga asosan, jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq kadastr qiymatidan kelib chiqib hisoblanishi hamda soliqning asosiy stavkasi kadastr qiymatiga nisbatan 0,2 foiz (2017-yilda 1,7 foiz edi) miqdorida va soliq hisoblashda kadastr qiymati 42 million so‘mdan (2017-yilda 3 million so‘m) kam bo‘lmasligi belgilandi.

Kadastr qiymati mavjud bo‘lmaganda soliq hisoblash uchun Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlarida 210 million so‘m hamda boshqa shaharlarda va qishloq joylarda 90 million so‘m miqdorida mol-mulkning shartli qiymati o‘rnatildi.

Shu bilan birga, soliq yuki 2018-yilda keskin oshib ketmasligi uchun kadastr qiymatiga asosan hisoblangan soliq summasi 2017-yilgiga nisbatan 20 foizdan ko‘p bo‘lmasligi belgilandi. Bunda Vazirlar Mahkamasiga jismoniy shaxslar mol-mulkining kadastr qiymatini aniqlash tartibini bir oy muddatda tasdiqlash topshirildi.

Seminarda tadbirkorlarni qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan javob berildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-01-2018, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют