» » O‘zbekistondagi yana 3 oliy o‘quv yurtida sirtqi ta’lim ochiladi

O‘zbekistondagi yana 3 oliy o‘quv yurtida sirtqi ta’lim ochiladi


Vazirlar Mahkamasining Arxitektura va qurilish sohasidagi oliy ta’lim muassasalarida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Qarorga asosan, 2018/2019-o‘quv yilidan boshlab Toshkent arxitektura-qurilish, Samarqand davlat arxitektura-qurilish va Namangan muhandislik-qurilish institutlarida sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim tashkil etiladi.

Maxsus sirtqi ta’lim shakliga arxitektura va qurilish sohasidagi yoki turdosh ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga va ta’lim yo‘nalishiga muvofiq soha, kasb, lavozimlarda kamida uch yillik amaliy ish stajiga ega bo‘lgan, Davarxitekturqurilish qo‘mitasi tomonidan tavsiyanoma berilgan, test sinovlari va (yoki) kasbiy (ijodiy) imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar hisobidan amalga oshiriladi.

O‘qish to‘lov-kontrakt asosida tashkil etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 08:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют