» » India Open. O‘zbekistonlik yana ikki bokschi mag‘lub bo‘ldi. Qolgan 7 sportchi bugun yarim finalda jang qiladi

India Open. O‘zbekistonlik yana ikki bokschi mag‘lub bo‘ldi. Qolgan 7 sportchi bugun yarim finalda jang qiladi


WSB musobaqasiga so‘nggi tayyorgarlikni Hindistonda olib borayotgan o‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustalaridan 7 nafari yarim finalda ringga chiqish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.

Bungacha 49 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi janglarda qatnashgan Mironshoh Ibragimov birinchilardan bo‘lib mag‘lub bo‘lgandi. Kecha — 30-yanvar kuni uning yoniga 60 kilogrammacha bo‘lgan Sherbek Rahmatullayev hamda 91 kilogrammdan ortiq vazn toifasidagi o‘zbekistonlik Laziz Mullajonov qo‘shildi.

Laziz Mullajonov Bahodir Jalolovning vazn toifasida jang qilishidan maqsad, asosiy bokschiga munosib o‘rinbosar tayyorlashdan iborat edi. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston boks federatsiyasi 81 kilogrammgacha bo‘lgan sportchini Hindistonga yubormay, uning o‘rniga Laziz Mullajonovni jo‘natgandi. Biroq sportchi yarim finalga chiqa olmadi.

Bugun final ostonasida yetti o‘zbekistonlik jang qiladi. Ular orasida Bahodir Jalolovning raqibini eng jiddiy ekani bilan ajralib turadi. Chunki u kubalik. Yana 5 o‘zbekistonlik sportchi mezbon bokschilarni sinovdan o‘tkazadi. Xudoynazar Fayzovga esa Menni Pakyao vatandoshi raqib bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют