» » Boku–2017. O‘zbekistonlik 3 bokschi yarim finalda, bugun yana 3 nafari yarim final yo‘llanmasi uchun ringga chiqadi

Boku–2017. O‘zbekistonlik 3 bokschi yarim finalda, bugun yana 3 nafari yarim final yo‘llanmasi uchun ringga chiqadi


“Islom birdamlik o‘yinlari”da ishtirok etish uchun jo‘nab ketgan o‘zbekistonlik 9 nafar bokschidan 3 nafari – Abdulhay Shorahmatov (-56 kg), Mironshox Ibragimov (-49 kg) va Bobo Usmon Baturov (-69 kg) yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bugun, 16-may kuni O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan yana 3 nafar bokschi chorak final doirasida ringga ko‘tariladi. -52 kilogrammgacha bo‘lgan vaznda Abrorjon Qodirov chorak final doirasida ozarbayjonlik Ma’sud Yusufzoga qarshi jang qiladi.

-64 kilogramm vazndagi Aliyor Noraliyev mezbon bokschisi Elvin Isayev bilan kuch sinashadi. -75 kilogramm vazn toifasidagi esa Mahmud G‘oipov qozog‘istonlik Tursinbay Kulahmetga qarshi jang o‘tkazadi.

Shuningdek, -60 kilogramm vazndagi Ulug‘bek Do‘stmurodov yarim final yo‘llanmasi uchun qozog‘istonlik Zaurbek Sultanga qarshi kurash olib boradi. Ushbu jang sanasi keyinroq ma’lum bo‘ladi. -91 kilogramm vazn toifasidagi Sardor Begaliyev o‘z jangini hali o‘tkazmadi.

Avvalroq o‘zbekistonlik Madiyor Saidrahimov (-81 kg) birinchi jangidayoq mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgani haqida xabar berilgandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-05-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют