» » Boku—2017. 9 bokschidan 4 nafari ringga chiqdi. Madiyor Saidrahimov misrlik raqibidan yengildi

Boku—2017. 9 bokschidan 4 nafari ringga chiqdi. Madiyor Saidrahimov misrlik raqibidan yengildi


“Islom birdamlik o‘yinlari”da ishtirok etish uchun jo‘nab ketgan 9 nafar bokschi orasidan Madiyor Saidrahimov birinchi jangidayoq mag‘lubiyat alamini totib ko‘rdi.

Misrlik Abdulrahmon Abdul G‘avvod bilan jang qilgan -81 kilogramm vazn toifasidagi o‘zbekistonlik bokschi 2:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Bunga qadar birinchi g‘alaba Ulug‘bek Do‘stmurodovga tegishli bo‘lgandi. Undan keyin Abdulhay Shorahmatov hamda Mahmud G‘oipov kabi charm qo‘lqop ustalari ham zafar quchishga muvaffaq bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston boks terma jamoasi Toshkent mezbonlik qilgan Osiyo chempionatida 10 ta imkoniyatdan 9 ta oltin medalni qo‘lga kiritgandi. “Islom birdamlik o‘yinlari”ga esa boks federatsiyasi uchinchi tarkibni jo‘natgan.

-49 kg: Mironshoh Ibragimov — Mohd Redzuan (Malayziya)
-52 kg: Abror Qodirov — Mas’ud Yusufzoda (Ozarbayjon)
-56 kg: Abdulhay Shorahmatov — Nurbol Kaljonov (Qozog‘iston) — g‘alaba
-60 kg: Ulug‘bek Do‘stmurodov — Erekser Hoqon (Qatar) — g‘alaba
-64 kg: Alyor Noraliyev — Elvin Isayev (Ozarbayjon)
-69 kg: Bobo Usmon Baturov — Ahmad Harara (Falastin)
-75 kg: Mahmud G‘oipov — Aziz Budia (Jazoir) — g‘alaba
-81 kg: Madiyor Saidrahimov — Abdulrahmon Abdul G‘avvod (Misr) — mag‘lubiyat
-91 kg: Sardor Begaliyev — Teymur Mammadov (Ozarbayjon)
+91 kg: —

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (14-05-2017, 12:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 73) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют