» » FIFA kubogi birinchi marotaba O‘zbekistonga olib kelinadi

FIFA kubogi birinchi marotaba O‘zbekistonga olib kelinadi


O‘zbekiston terma jamoasi har to‘rt yillikning eng muhim futbol musobaqasi — Jahon Chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi. Shunday bo‘lsa-da, tarixda ilk bor FIFA kubogi O‘zbekistonga keladi.

FIFA World Cup™ tomonidan Trophy Tour by Coca-Cola aksiyasi doirasida yagona va takrorlanmas FIFA kubogi birinchi marotaba O‘zbekistonga olib kelinadi. Tur doirasida matbuot anjumani o‘tkaziladi, shuningdek, kubok o‘zbekistonliklar uchun namoyish etiladi.

Trophy Tour by Coca-Cola tadbiri har 4 yilda bir marta — Jahon Chempionati boshlanishidan oldin bo‘lib o‘tadi. Jahon kubogi bungacha Markaziy Osiyo mamlakatlariga sayohat qilmagandi.

6-fevral kuni Toshkentdagi tarixiy voqea davomida siz Coca-Cola’ning Facebook va Instagram’dagi rasmiy sahifasida o‘tadigan onlayn-tanlovda 50 ta chiptadan birini yutib olishingiz mumkin.

Batafsil ma’lumot tashkilotchilarning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida aks etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 14:16)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют