» » Dunyoning eng chiroyli universitetlari (fotogalereya)

Dunyoning eng chiroyli universitetlari (fotogalereya)


Times Higher Education jurnali dunyoning eng chiroyli universitetlari ro‘yxatini tuzdi, deb yozadi National Geographic.

1-o‘rin: Bolonya universiteti

Italiyaning Bolonya universiteti dunyoning eng qadimgi universiteti hisoblanadi. Unga 1088-yilda asos solingan.

2-o‘rin: Salamankа universiteti

Ispaniyadagi Salamankа universiteti mamlakatdagi eng qadimiy universitet hisoblanadi. Unga 1134-yilda asos solingan. U xorijiy talabalar uchun kurslarni taklif qilgan birinchi o‘quv muassasasi bo‘lgan.

3-o‘rin: Koimbra universiteti

1290-yilda asos solingan Koimbra universiteti Portugaliyada tepalik yonbag‘rida joylashgan. Yuqoridan Koimbra shahri manzaralarini ko‘rish mumkin.

4-o‘rin: Rostok universiteti

Rostok universiteti Germaniyaning eng qadimiy universitetlaridan biri hisoblanadi. Binolaridan aksariyati gotika uslubida barpo etilgan.

5-o‘rin: Orxus universiteti

Orxus universiteti Daniyaning kattaligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda turadigan shahrida joylashgan. Mazkur universitet inson ijodi va tabiat yaratgan narsalar uyg‘unlikda mavjud bo‘lishining yorqin timsolidir.

6-o‘rin: Gdansk politexnika universiteti

Gdansk texnologiya universiteti kampusi bir nechta arxitektura uslublarida qurilgan. Uning bosh binosi (quyiroqdagi suratda) yangi renessans uslubida loyihalashtirilgan va universitetning eng mashhur binolaridan hisoblanadi.

7-o‘rin: Uppsala universiteti

Uppsala universiteti arxitektor German Teodor Xolmgren tomonidan roman uslubida loyihalashtirilgan.

8-o‘rin: Grenobl universiteti — Alplar

Fransiyaning Grenobl shahrida joylashgan universitet Alp tog‘lari ro‘parasida joylashgan. Kampus hududi 175 gektar maydonni egallagan.

9-o‘rin: Triniti-kollej (Dublin)

Dublindagi Triniti-kollejiga 1592-yilda asos solingan. Kollej binosida bir necha marta filmlar suratga olingan.

10-o‘rin: M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti

Moskva universiteti Rossiyaning qadimiy universiteti hisoblanadi. Unga 1755-yilda asos solingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2018, 17:13)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют