» » Samarqand qishloq xo‘jalik institutida dunyoning nufuzli OTMlari professorlari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi

Samarqand qishloq xo‘jalik institutida dunyoning nufuzli OTMlari professorlari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi


Samarqand qishloq xo‘jaligi institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirliklarining o‘zaro kelishuvlariga muvofiq 2017-yil 27—28-noyabr kunlari Yevropa Ittifoqining “SPHERA: Osiyoda sog‘liqni saqlash tizimida injeneriya va unga bog‘liq sohalarda ta’limni professionalizatsiyalashni qo‘llab quvvatlash” loyihasi doirasida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Bu haqda institut matbuot xizmati xabar bermoqda.

Seminarda Lissabon universiteti (Portugaliya), Ovedo universiteti (Ispaniya), EDEX – Takomillashtirilgan ta’lim korporatsiyasi (Kipr), Staffordshir universiteti (Buyuk Britaniya), Pokxara universiteti hamda Tribxuvan universitetlari (Nepal), Samarqand davlat tibbiyot instituti, Toshkent axborot va texnologiyalari universiteti Samarqand filiallaridan bir qator prfessor-o‘qituvchilar qatnashdi.

Seminarda har bir hamkor davlat universitetlar loyiha borasida qilayotgan ishlar haqida yig‘ilganlarga o‘z taqdimotlari bilan atroflicha ma’lumotlar berdi.

Tashkil etilgan ikki kunlik seminarda hamkor davlat universitetlari professor-o‘qituvchilar Samarqand shahrini ziyorat qilib, qadimiy obidalar, muzeylar, maqbaralarda bo‘ldi.

Seminar so‘ngida bir qator masalalar yuzasidan aniq xulosalarga kelinib, kelgusidagi qilinishi kerak bo‘lgan ishlar borasida kelishib, hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash haqida ham to‘xtalib o‘tildi.

Опубликовано: admin (7-12-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют