» » Toshkentda o‘tkazilgan doktorantura bosqichidagi ta’limni tashkillashtirishga bag‘ishlangan seminarda shvetsiyalik professor ishtirok etdi

Toshkentda o‘tkazilgan doktorantura bosqichidagi ta’limni tashkillashtirishga bag‘ishlangan seminarda shvetsiyalik professor ishtirok etdi


28—29-sentabr kunlari  Toshkentdagi axborot texnologiyalari universiteti va moliya institutida Yevroittifoqning Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Erasmus+” loyihasi doirasida “Doktorantura bosqichida ta’limni tashkillashtirish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Yevroittifoqning O‘zbekistondagi delegatsiyasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Seminarda Shvetsiyaning Malmyo universiteti professori Piter Yonson ishtirok etmoqda.

Seminarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad— Yevropaning yetakchi universitetlari tajribasini o‘rgangan holda O‘zbekistonda doktorantura bosqichidagi ta’limni tashkillashtirish va doktorlik dissertatsiyakarini tayyorlash darajasini oshirish va taniqli olim hamda tadqiqotchilar bilan mustahkam aloqani yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Seminarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xodimlari, OTMlar prorektorlari, o‘qituvchilari, ilmiy rahbarlari, doktorantlari, shuningdek, Oliy attestatsiya komissiyasi va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vakillari ishtirok etmoqda.

Yevroittifoqning “Erasmus+” loyihasi doirasida o‘tkazilgan shu kabi seminarlar Barselona universiteti va Universitetlarning Yevropadagi assosiatsiyasidan tarkib topgan SPHERE konsorsiumi qoshidagi ta‘lim, audiovizual vositalar va madaniyat bo‘yicha ijro agentligi xodimlari faoliyatining bir qismi hisoblanadi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (29-09-2017, 17:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 47) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют