» » Toshkent shahridagi Inha universiteti professori Xalqaro Fanlar akademiyasi mukofoti bilan taqdirlandi

Toshkent shahridagi Inha universiteti professori Xalqaro Fanlar akademiyasi mukofoti bilan taqdirlandi


Toshkent shahridagi Inha universiteti professori Husniddin Olimov Xalqaro Fanlar akademiyasi (The World Academy of Science, TWAS) mukofoti sohiblari qatoridan joy oldi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar bermoqda.

Husniddin Olimovga TWAS mukofoti so‘nggi besh yilda fizika fani bo‘yicha xalqaro nufuzli jurnallarda chop etilgan maqolalari uchun topshirildi.

IUT professori 2016-yil uchun mazkur nufuzli mukofotni O‘zbekistondan qo‘lga kiritgan yagona laureat bo‘ldi. O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha TWAS mukofoti dunyoning 16 mamlakatidan 22 nafar yosh olimga berildi.

Husniddin Olimovga mukofot sertifikatini O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Prezidenti akademik Behzod Yo‘ldashev topshirdi.

Ma’lumot uchun, bosh ofisi Italiyaning Triyest shahrida joylashgan Xalqaro Fanlar akademiyasiga 1983-yilda asos solingan.  Akademiya rivojlanayotgan mamlakatlarga fan va injiniring rivojlanishida ko‘mak beradi, turli yo‘nalishlardagi tadqiqotlar uchun grantlar ajratadi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-04-2017, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 86) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют